Joriy yilning 30-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari hamda TKTI Yangiyer filiali delegatsiyasi Xitoyning Minzu universiteti, Pekin yangi iqtidorlar akademiyasi, Xitoyning xalq ta’limi muassasalari hamda Oliy ta’lim nashriyotiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Minzu Universiteti prezidenti professor Guo Guangshen Chinese Bridge loyihasi a’zolariga universitet faoliyati, ushbu ta’lim muassasalarining xitoy tili va madaniyatini rivojlanishidagi o’rni, talabalar hayoti va ularning ijod namunalari asosida tayyorlangan konsert dasturiga taklif qildi. Kun yarmida delegatsiya a’zolari Pekindagi Xitoyning Oliy ta’lim nashriyot uyiga tashrif buyurib, xitoyda xattotlik san’atining rivojlanishi, xitoy oliy ta’lim muassasalari uchun nashr etilayotgan darslik va o’quv qo’llanmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamda Xitoyning Minzu universiteti va Pekin yangi iqtidorlar akademiyasi bilan kelgusida tegishli sohalar kesimida hamkorlik qilish bo’yicha memorandum imzolandi.