Joriy yilning 2-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga Xitoyning Guychjou oziq-ovqat kolleji vakillari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida filial rahbariyati bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda talabalar va professor-o’qituvchilar uchun oziq-ovqat texnologiyasi yo’nalishida malaka ochirish dasturlarini yo’lga qo’yish, filialda O’zbekiston-Xitoy xalqaro o’quv markazini tashkil etish orqali talabalarga xitoy tilini o’rgatish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar, ilmiy anjumanlar o’tkazish, TKTI Yangiyer filiali va Guychjou oziq-ovqat kolleji talabalari uchun oziq-ovqat yo’nalishida tanlovlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.т