Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2, 3, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

🎓 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

🟡“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”;
🟡“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”;
🟡 “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;
🟡 “Yilning eng faol sportchi talabasi”;
🟡 “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”;
🟡 “Yilning eng faol ijodkor talabasi”;
🟡 “Yilning eng faol tadbirkor talabasi”(xotin-qizlar uchun).

Tanlovda ishtirok etish uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektoriga yoki fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga 10-noyabrgacha murojaat qilishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun:

Telegram: @Iqtidorlitalabalarbolimi
📞 +998 99 727 89 04