8-noyabr kuni O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali boshlang’ich tashkiloti tomonidan talabalar o’rtasida Munozara bellashuvi o’tkazildi. Bellashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari Otabek Abdug’aniyev kirish so’zi bilan ochib berdi.
Munozara bellashuvi «Dars jarayonlarida mobil telefondan foydalanish — zamon talabi» mavzusida o’tkazildi. Unda «Qaqnus» va «Tandem Trio» jamoalari bellashishdi. Munozaralarga boy bo’lgan bellashuvda hakamlarning qaroriga «Tandem Trio» jamoasi g’alaba qozondi.