Bugun respublikamiz bo’ylab “Biz bir bo’lsak – yagona – xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o’tkazldi. Shu jumladan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida ushbu marafon doirasida  «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi.

Intellektual o’yin viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazildi. Murosasiz kechgan bilimlar bellashuvida filialimiz talabalari jamoasi faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi. G’oliblar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.