Ayni kunlarda yurtimiz boʻylab an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoasi ham ushbu loyihada o’z hissasini qo’shmoqda. Filial hududi bo’ylab professor-o’qituvchilar, talabalar va barcha bo’lim xodimlari tomonidan 1000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko’chatlari hamda gullar ekilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazib kelinishi kelajak avlodlarimiz uchun o‘rnak hamda mamlakatimizdagi iqlim o‘zgarishiga qarshi  ko‘rilayotgan choralarning amaliy natijasi demakdir.