17-noyabr «Xalqaro talabalar kuni» munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali boshlang’ich tashkiloti tomonidan tayyorlangan «Talabalar teatr studiyasi», «Talabalar ashula va raqs ansambli» chiqishlari barchaga yuqori kayfiyat ulashdi. Betakror qo‘shiq va raqslar, qiziqarli shartlar hamda talabalar hayoti yumir ostida yoritilgan sahna chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Fursatdan foydalanib barcha talabalarni ushbu sana munosabati bilan qizg‘in muborakbod etamiz. Ilm sirlarini va hayot sabog‘ini o‘rganishda kuch-quvvat tilaymiz. Har biringiz tolibi ilm bo‘lib, mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishingiz tilakdoshimiz! Yangi O‘zbekiston yangicha fikrlaydigan Siz, tolibi ilm egalariga hamisha suyanadi va tayanadi!