TKTI Yangiyer filiali Xitoyning “Tianjin Ant New Energy Technology” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi
2023-yil 24-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga Xitoy Xalq Respublikasining “Tianjin Ant New Energy Technology” korxonasi vakillari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida vakillar filial faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda hamkorlik bo’yicha filial rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tomonlar filialda lityum-ionli batareyalarini ishlab chiqish bo’yicha texnoparkni tashkil etish hamda energetika va IT yo’nalishida tajriba almashish bo’yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.