Talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘quv jarayoni sifatini nazorat qilish, yoshlarning muammo va kamchiliklariga yechim topish maqsadida tashkil etilgan tadbirda filial direktori Zafar Xakimov va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida direktorga yigit-qizlar tomonidan imtihon, ma’naviy va intellektual loyihalar, sport hamda talabalar bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Talabalarga bu yo‘nalishda qilinayotgan ishlar va rejalar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda talabalarni qiziqtirayotgan barcha savollarga javob qaytarilib, muammolarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi.