O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Toshkent yuridik universiteti tomonidan 8-dekabr — O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan filialda targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida Bosh qomusimizning kiritilgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ushbu jarayon mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan yutuq va marralarimizning huquqiy poydevor ekanligi haqida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tengdoshlari bilan muloqot qilishdi. Yangilangan Konstitutsiya nafaqat bugungi, balki kelajak avlod manfaatlariga to‘la xizmat qilishining o‘zi ham xalq konstitutsiyasi ekanining tasdig‘idir.