Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Ideaton — Uzbekistan 2030” tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovining maqsadi keyingi o‘n yillikdagi muammolar va istiqbolli yo‘nalishlardagi innovatsion g‘oyalarni, ilmiy va innovatsion loyiha yo‘nalishlarida ilmiy-texnik ijodkorlik va ixtirochilikni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish hamda yangi texnika texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Loyiha hujjatlari komissiya a’zolari tomonidan baholash mezonlariga ko‘ra ko‘rib chiqildi. 3 nafar talabalarning loyihasi ma’qullandi.