Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi va Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasining 75 yilligi munosabati bilan “Yangi konstitutsiya — taraqqiyot qomusi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Jarayonda jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hayati raisi B.Qurbonov, Sirdaryo viloyati sudi sudyasi A.Ergashev, jinoyat ishlari bo’yicha Yangiyer shahar sudi raisi Sh.Eshitov, jinoyat ishlari bo’yicha Xovos tumani sudi raisi J.Jabborovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Unda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlatchiligimiz tarixidagi tutgan oʻrni”, “Konstitutsiyaning yaratilishi tarixi”, “Yangi konstitutsiya — taraqqiyot qomusi” va boshqa mavzularda maʼlumotlar berildi. Tadbirda fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlari va talabalar qatnashdilar.