Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi hamda 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirda filial “Komplayens nazorat” bo’limi boshlig’i, fakultet dekani, Yangiyer shahar prokuraturasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, bu borada yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbir davomida korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekanligi, uning har qanday ko’rinishlariga qarshi kurashishni inson o’zidan boshlashi darkorligi, buning uchub esa shaxsning huquqiy madaniyati yetarli darajada shakllangan bo’lishi kerakligi borasida fikr yuritildi. Filialda ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlar joriy etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Qolaversa, 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan filialda tashkil etilgan «Tanlovlar xaftaligi»da g’olib bo’lgan talabalar sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.