6-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori boshchiligidagi mas’ullardan iborat guruh filialimiz talabalarining yashash sharoitini o’rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurdi. Jarayon davomida direktor talabalarning yashash sharoitlari, ularda mavjud kamchiliklar, yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Bundan tashqari, u yerda istiqomat qilayotgan talabalar bilan ham suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi, muammolarini o’rgandi, takliflari bilan tanishdi.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek, texnika vositalaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, oziq-ovqat mahsulotlarini yaroqlilik muddatlariga alohida ahamiyat berish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.