Qadrli hamkasblar, aziz talabalar!

Barchangizni qutlug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizda jamiyat taraqqiyoti, xalq turmush tarzi, uning buguni, kelajagi, farovon hayoti va istiqboli, har bir fuqaroning taqdiri va uning kelajagi bilan bog‘liq masalalar o‘z ifodasini topgan.

Voyaga yetayotgan, o‘z fikri va qarashlariga ega bo‘lgan navqiron yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda, jamiyatimizdan mustahkam o‘rin olmoqda hamda mamlakatimizning taraqqiyoti yo‘lida hal qiluvchi kuchga aylanmoqda. Bizning eng katta boyligimiz ham aynan ana shunda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bosh qomusimiz – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan o‘zim va jamoamiz nomidan barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman!

TKTI Yangiyer filiali direktori Xakimov Zafar Tulyaganovich