7-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali faollar zalida sitqi bo’lim boshlig’i A.Jabborov, dekan o‘rinbosari O‘.Fayziyev hamda talabalar ishtirokida «Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirga mehmon sifatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi shoir Xayot Shodmon tashrif buyurdi. Shoir talabalarni bugungi bayram bilan tabriklab, bosh qomusimiz bugungi baxtli hayot va nurli kelajagimiz timsoli, har bir inson huquq va erkinliklarini kafolatlovchi muhim hujjat ekanligini taʼkidladi. Qolaversa, shoir Xayot Shodmon o‘zining qalamiga mansub bir qancha she‘rlarni o‘qib berib, talabalarga xushkayfiyat ulashdi.