Ushbu marafon ilmiy va innovatsion g‘oya va loyihalarni saralab olish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, talabalarning ilmiy va innovatsion salohiyatini namoyon etish, mazkur sohadagi istiqbolli loyihalarni dastlabki bosqichda aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tijoratlashtirish darajasiga olib chiqish maqsadida tashkil etildi.

Marafon doirasida ishtirokchilar uchun “Bo‘lajak olim” tanlovi va “Akademik harakatchanlik” dasturi nizomlari, Ilmiy va Startap loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish tartiblari to‘g‘risida hamda Ilmiy unvon va ilmiy darajalar to‘g‘risida bo‘yicha treyning o‘tkazilishi hamda filialda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida «Ilmiy-innovatsion va startap loyihalar» tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan.