2023-yil 15-dekabr kuni TKTI Yangiyer filialida Yangiyer shahar sud raisi Sh.Eshimov raisligida sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi.

Sud jarayonida filial talabalari ishtirok etishdi. Yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tadbir voqealarga boy boʻldi va talabalar butun sud jarayonni amalda baholay oldilar. Ishning har bir qismiga sudyaning tushuntirish izohlari ilova qilindi. Jarayon yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.