Xabaringiz bor, filial jamoasi tomonidan yoshlar bilan muloqotlar tashkil etish orqali mahallalarda uyushmagan yoshlar sonini kamaytirish, ularni bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Yangiyer shahridagi Ma’rifat mahallasi bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

21-dekabr kuni yangi yil bayrami arafasida TKTI Yangiyer filiali direktori Zafar Xakimov boshchiligidagi filial jamoasi “Ma’rifat” mahallasiga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qiladigan 14 ta kam ta’minlangan va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar oldi.