Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Prezident va nomdor davlat stipendiyalari sovrindorlari hamda turli nominatsiyalar bo’yicha o’tkazilgan  tanlovlar g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tashkil etilgan qutlov kechasida filial direktori Zafar Xakimov, direktor o’rinbosarlari, professor-oʻqituvchilari hamda sovrindorlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbirda filial direktori so’zga chiqib, stipendiya sohiblarining kelgusidagi o’qish va ilmiy-ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab, sovrindorlar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnoma topshirdi.

Shuningdek, Respublika tanlovidagi «Yilning eng yaxshi ilm-fan targ’ibotchisi» g’olibi — filial professor-o’qituvchisi Bekzod Haydarov, filialda “Eng yaxshi bezatilgan fakultet binosi”, “Eng yaxshi bezatilgan oʻquv xonasi”, “Eng faol guruh”, “Eng faol talaba” hamda “Yilning eng yaxshi xodimi” kabi nominatsiyalar boʻyicha tashkil etilgan ko’rik tanlov g’oliblari taqdirlandi.