2023-yil 28-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Yangiyer shahar hokimligi bilan hamkorlikda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqiga bag’ishlangan seminar o’tkazildi.

Unda TKTI Yangiyer filiali direktori Zafar Xakimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari Otabek Abdug’aniyev, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiyer shahar bo’linmasi rahbari Abdushohid Abduqodirov, Din ishlari bo’yicha qo’mitaning Yangiyer shahri bosh mutaxassisi Sharif Eshonqulov, «Umumiy fanlar va jismoniy tarbiya» kafedrasi dotsenti f.f.d Ilyos Quvondiqov, filial professor-oʼqituvchilari hamda xodimlari ishtirok etishdi.

Ushbu seminar shu yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida bildirilgan ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish vazifalariga qaratildi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan seminarda, o’zaro fikrlar almashildi, taklif va tavsiyalar berildi.