Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab barcha mahallalarda «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» shiori ostida «Mahallada duv-duv gap» targ‘ibot tadbirlari bo’lib o’tmoqda.

Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalardan kelib chiqib, jamiyatimizdagi yangilanish ruhini har bir yurtdoshimizga yetkazish, shu asosda jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish maqsadi ko‘zlangan.

Shu munosabat bilan ushbu jarayonda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali professor-o’qituvchilari ham Yangiyer va Shirin shahri hamda Xovos tumani mahallalarida o‘tkazilayotgan tadbirlarda o’z ma’ruzalari bilan faol ishtirok qilishmoqda.

Bunday tadbirlar 31-yanvarga qadar davom etadi.