Joriy yil 9 yanvar kuni Komporuztelegram kanalida fuqaro R.Mamarasulovaning murojaati bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi

Jahongir Mamarasulov 2021-yil sentabr oyidan 2022-yil oktabr oyiga qadar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida marketing bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. J.Mamarasulov faoliyati davomida mehnat qonunchiligi va ichki tartib qoidalarini qo‘pol tarzda buzganligi sababli Mehnat kodeksining 100-moddasi 2 qismi 4-bandiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

2023-yil 16-mart kunidagi J.Mamarasulovning ishga tiklash, ish haqi va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, qanoatlantirishdan rad etilgan.

Bundan tashqari, J.Mamarasulov va onasi R.Mamarasulovaning arizalarida Toshkent kimyo-texnologiya Yangier filial faoliyati bo‘yicha ko‘rsatilgan barcha vajlar mutaxassislar jalb etilgan holda bir necha marta o‘rganilgan.

Filial faoliyatini o‘rganish natijalari hamda J.Mamarasulovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan belgilangan tartibda tergov yakuni bo‘yicha sud organlari tomonidan huquqiy baho beriladi.