Аziz talabalar, qadrdon hamkasblar!

Barchangizga Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” bayrami muborak boʼlsin!

Inson dunyoga kelgan joy uning uchun jondan aziz Vatani, ajdodlarning xoki toʼkilgan joy esa inson uchun bebaho neʼmatlardan ham qimmatli hisoblanadi. Vatan – mehr muruvvat manbaidir. Tinchlik – eng oliy neʼmat. Ona Vatan tinchligini saqlash, uning tuprogʼini koʼzimizga surish, uni himoya qilish shu Vatanda yashab ulgʼayayotgan har bir insonning muqaddas burchidir. Bu muqaddas tuygʼuni ulgʼayib borayotgan yosh avlodning qon-qoniga singdirish, ular ongida oʼchmas alanga etib shakllantirish hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biridir.

Bugungi qutlug’ kun munosabati bilan mustaqilligimiz, tinchlik-osoyishtaligimiz, erkin va farovon hayotimizning mustahkam qalqoni bo‘lib kelayotgan barcha mard va jasur o‘g‘lonlarimizni samimiy muborakbod etaman! Barchangizga sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!

Yurtimizda doim tinchlik va osoyishtalik hukm sursin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!