Bugun, 17-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Axborot resurs markazida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Kitobxon onalar kuni” o‘tkazildi.

Tadbir avvalida so‘z olgan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi, filial Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi R.Atadjanova farzand tarbiya qilayotgan har bir ayol bilimli bo‘lishi zarurligi va ushbu bilimning asosiy manbai bu kitob ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir qatnashchilari ham ta’til davrida mutolaa qilgan kitoblariga ta’rif berib shu yuzasidan suhbatlashdi. Shuningdek, kutubxona xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida ma’lumotlar oldilar.