Teatr oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskanidir.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoasi teatrga tashrifni, madaniy hordiq olishni goʼzal anʼanaga aylantirgan. Xususan, filial professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari 19-yanvar kuni Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda Sirdaryo viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida namoyish etilayotgan «Mehrobdan chayon» romani asosida «Anvar va Ra’no» spektakli tomoshabinlar olqishiga sazovor boʼldi. Spektaklda Respublikamizning mahoratli aktyor va aktrisalari tomonidan jamiyatimizdagi insonlarning bir-biri bilan munosabatlari ko’rsatib berilgan.