Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori  Xakimov Zafar Xakimov Tulyaganovich, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Abdiqulov Zafar Umurboyevich, kimyoviy-texnologiya kafedrasi mudiri Eminov Ashraf Mamurovich, Tomsk Politexnika universiteti kimyo fanlari doktori M.E.Trusova, neft va gaz ishi bo‘limi dotsenti K. K. Manabayev va Ye.Yu.Valitova ishtirok etishdi.

Memorandumda TKTI Yangiyer filiali talabalariga TPU mutaxassislari bilan professional tarmoq imkoniyatlarini taqdim etish, filialga ma’ruzalar o’qish uchun Rossiyadan professor va ekspertlarni jalb qilish, o’quv adabiyotlari, maʼlumotlar va nashrlar almashinuviga koʻmaklashish hamda o‘quv jarayonini samarali boshqarish ko’zda tutilgan.

Shuningdek, hamkorlikda turli ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish, jumladan, bakalavriat, magistratura va doktorantura (PhD) dasturlarida ilmiy stajirovkalarni olib borish va filialda innovatsion o‘qitish usullarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.