Seminarda «Avtomatika va texnologik jarayonlar» hamda «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi professor-oʻqituvchilari, magistrantlar va izlanuvchilar ishtirok etishdi.

Mutaxassislar tomonidan Scopus, Web of Science, Google Scholar va ReseachGate jurnallariga maqolalarini nashr etish, dolzarb mavzularini tanlash, iqtibosni oshirish hamda hamkorlikni izlash strategiyalarini ishlab chiqish bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ilmiy faoliyatni optimallashtirish vositasi sifatida sun’iy intellektdan foydalanish bo’yicha foydali tavsiyalar berib o’tildi.