Belorussiyada oliy taʼlim – diplomlar O’zbekistonda tan olinadi!

Endilikda sizda Belorussiya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyati mavjud. Belorussiya Respublikasi hukumati 2024/2025-oʻquv yilida xorijlik fuqarolar uchun moʻljallangan taʼlim granti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 10 ta grant ajratdi.

🎓 Grantlar quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ajratilgan:

-Axborot tizimlari va texnologiyalari
-Dasturiy injiniring
-Tibbiyot bioximiyasi
-Davolash ishi
-Davolash ishi (Pediatriya)
-Biotexnologiya
-Muqobil energiya manbalari
-Texnologik mashinalar va uskunalar
-Kiyim va poyafzallarning texnologik dizayni

Qiziqish bildirgan talabgorlar oʻz hujjatlarini Belorussiyaning Toshkentdagi elchixonasiga joriy yilning 20-fevraliga qadar topshirishlari lozim.

Kerakli hujjatlar va batafsil maʼlumot:

Faylni yuklab oling