Madaniy-estetik hordiq nafaqat asabni tinchlantiradi, balki insonga kayfiyat ulashib, ertangi kunga ishonch va kuch bag‘ishlaydi

Bugun TKTI Yangiyer filialida talaba-yoshlarga xush kayfiyat bag‘ishlash, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida madaniy tadbirl tashkil etildi.

Tadbirda “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi ijodkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli latifalar, sho‘x taronalar yoshlarga bir olam zavq bag‘ishlab, maroqli hordiq olishlarini ta’minladi.