2024-yil 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari bugun TKTI Yangiyer filialida bo‘lishdi.

Tashrif davomida Bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov filialning 400 o‘rinli talabalar turar joyida, ishlab chiqarish laboratoriyalarida hamda Xitoy davlati bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan litiy-ionli batareyalarini ishlab chiqarish zavodida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shunigdek, Bosh prokuror o‘rinbosari filialda yangi ochilgan talabalar oshxonasidagi sharoitlarni o’rgandi. Tashrif yakunida Shohrux Aminov olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zining zarur ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.