Bugun, 8-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari o’rtasida futzal bo’yicha musobaqaning saralash bosqichiga start berildi. Musobaqaning ochilish marosimida TKTI Yangiyer filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari Otabek Abdug’aniyev, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Zafar Abdiqulov va NMKT fakulteti dekani Xolmurod Mo’minov ishtirok etdi.

Otabek Abdug’aniyev musobaqani ochib berib, jamoalarga omad tiladi. Ushbu musobaqa 1 oy mobaynida davom etib, final bpsqichida g’olib bo’lgan jamoa filial rahbariyati tomonidan taqdirlanadi.