Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Mir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan ma’naviy va ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Marosimni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari Otabek Abdug’aniyev o‘z nutqi bilan ochib berdi.

Tadbirda shuningdek,  – Guliston Davlat universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professor-o’qituvchisi Ixtiyor Ermatov so‘zga chiqib, Navoiy hayoti va ijodi haqida fikrlar bilidirib, o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar bobolarimizning ma’naviy merosi va tariximizni o‘rganishdagi ahamiyati qay darajada muhim ekaniga to‘xtalib o‘tdi.

Ijodiy kechada talabalari ham o`z ijod mahsullari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirda filial talabalaridan tashkil topgan ansambl o`zining chiroyli navolari bilan fayz kiritdi.