Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali va “GULISTON NEFT-BAZA” MCHJ  o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Kafedrada yo‘nalishga mos»GULISTON NEFT-BAZA» MCHJ qoshida ma’ruza xonasini jihozlab, doimiy faoliyat olib boruvchi kafedra filialini tashkil etish muhokama qilindi.Korxonalarda kafedra o‘qituvchilari tomonidan laboratoriya,amaliy mashg‘ulotlar va bitiruv oldi amaliyotlari olib borilmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida talabalarini malakaviy amaliyotlarini tizimli tashkil etish, “Texnologik mashinalar va jihozlar”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolda kadrlar tayyorlashga buyurtmalarni shakllantirish masalalari kelishib olindi.