Axborot-resurs markazi (keyingio‘rinlarda ARM deb ataladi) Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer  filiali qoshida О‘zbekiston Respulikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish tо‘g‘risidagi” 2006 yil 20 iyundagi  qarori asosida tashkil etildi.
ARM o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, ta’lim muassasalari boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filiali ustaviga, rahbariyatning buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

Axborot-resurslari va kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar rо‘yxati, ularni kо‘rsatish shartlari, foydalanuvchilarning  huquqlari va javobgarligi ARMdan foydalanish qoidalarida belgilanadi.
Axborotlarga bо‘lgan talablarga muvofiq va Axborot-resurs markazi ma’lumotlar qidirish apparati tizimi orqali har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlarning elektron bazalari, Internet resurslari) asosida kitobxonga zarur darajada axborot xizmati kо‘rsatadi.


   Foydalanuvchilarni asosiy kutubxona-axborot  xizmatlari bilan bepul ta’minlanadi:
   -kataloglar, kartotekalar tizimi va kutubxona axborotlari berishning boshqa shakllari orqali kutubxona fondi tarkibi tо‘g’risida tо‘liq axborot beradi;
    -matbaa asarlari va boshqa hujjatlarni qidirish va tanlashda maslahat yordami kо‘rsatadi;
    -kutubxona  fondlaridan hujjatlarni  vaqtincha foydalanish uchun beradi;
   -boshqa Axborot-resurs markazi va kutubxonalardan  ichki kutubxonalararo abonement bо‘yicha kitoblar, elektron shakllarini ayirboshlash yо‘li bilan foydalanuvchilarga  xizmat kо‘rsatadi;
    -foydalanuvchilar, rahbariyat, aholi kitobxonlarning professor-o‘qituvchilar    tarkibi, ilmiy xodimlar va aspirantlari o‘rtasida axborotlarga bо‘lgan  ehtiyojini aniqlaydi, o‘rganadi va muntazam ravishda aniqlashtirib boradi.

ARM ning umumiy fondi 300 nomda 2437 nusxadan bo‘lib, ulardan:

ilmiy adabiyotlar 1 nom/ 1 nusxa;
darsliklar 59 nom/1299 nusxa;
o‘quv qo‘llanmalar 68 nom/796 nusxa;
badiiy adabiyotlar 124 nom/ 170 nusxani tashkil etadi
Siyosiy adabiyot 13 nom/ 18 nusxada
Boshqa adabiyotlar 35/ 153 nusxada
davlat tilida  138 nom/ 1235 nusxada
Elektron hujjatlar fondi 5600 nomda bo‘lib,
shulardan elektron darsliklar 2500 dona
elektron o‘quv qo‘llanmalar  1800 dona
elektron badiiy adabiyotlar    1000 dona
elektron uslubiy qo‘llanmalar  100 dona
elektron ilmiy adabiyotlar   10 dona
elektron xorijiy adabiyotlar  180 dona