“Xotin-qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kunlarini tashkil etish” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialidagi xotin-qizlar uchun Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi ishtirokida Xotin-qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kuni tashkil etildi.

Mazkur kunda oilalarni mustahkamlash, ajrimlarining oldini olish yuzasidan suhbatlar, erta turmush va yaqin qarindosh-urugʻlar oʻrtasida tuzilgan nikohlarni salbiy oqibatlari to’g’risida aytib o’tdi.
Tadbir yuqori saviyada va savol-javoblarga boy holda o’tdi.

 

«Kitobxon qiz» tanlovi o’tkaziladi

👧 TKTI Yangiyer filiali Xotin-qizlar maslahat kengashi 2024-yil 1-fevraldan 15-fevralga qadar filial talaba-qizlar o‘rtasida «Kitobxon qiz» tanlovini o‘tkazadi.

📚»Men Malalaman», «Ikki eshik orasi». «Imomning maniken qizi» asarlarini o‘qib tugatgan qizlar savol-javob qilinadi.
🔖 Gʻolib bo‘lgan talaba qizlarga qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi. Tanlov g‘oliblarini 2024-yil 15-fevral kuni aniqlanadi. Barcha qizlarni tanlovda qatnashishga chorlab qolamiz.
Qo’shimcha ma’lumotlar yuzasidan ushbu telegram manzilga murojaat qiling!

 

Talaba qizlar ishtirokida chellenj tashkil etildi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida talaba qizlar ishtirokida
“Yangi O‘zbekistonning olima qiziman”, “Mening kashfıyotlarim O‘zbekiston taraqqiyoti uchun” mavzularida fleshmob va chellenj tashkil etildi.

«Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni»ga bagʻishlab forum o’tkazildi

2024-yil 10-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida 11- fevral kuni oldidan «Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni»ga bagʻishlab Respublikada oʻtkazilayotgan — «O’zbekiston olima ayollarning xalqaro maydondagi oʻrni» mavzusidagi xalqaro forumda (online) ishtirok etishdi.

——————————————————————————————————————

Zakovat bellashuvi o’tkazildi

15-fevral kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali boshlang’ich tashkiloti va Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi R.Atajanova tashabbusi bilan talaba-qizlar ishtirokida «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi.

O’yin «Men Malalaman», «Ikki eshik orasi», «Imomning maniken qizi» asarlari asosida bo’lib o’tdi. Navbatdagi qizg’in bahs va muhokamalarga boy bo’lgan o’yinda 5ta jamoa ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra eng yuqori natija qayd etgan jamoalar:
🥇1-o’rin «Ideal»
🥈2-o’rin «Yuksalish»
🥉3-o’rin «Bilimdon qizlar»