Yurtimizda iqtisodiyotni rivojlainisha  olib borilayotgan keng qo’llamli isloxatlar negizida, Yangiyer shahrining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari 2023 yilning Yanvar-oktyabr oylarida birmuncha oshdi.
Iqtisodiy ko’rsatkichlarimizni sohalar kesimida tahlil qilganimizda.
1-Yangiyer shahrida ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot
🔹Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-oktyabr oylarida Yangiyer shahri bo‘yicha yalpi ichki mahsulot (keyingi o‘rinlarda –XIM) hajmi joriy narxlarda 500,3 million so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-oktyabr oylari bilan taqqoslaganda 53,9 % ga o‘sdi.
XIM deflyator indeksi 2022- yilning yanvar-sentabr oylaridagi narxlariga nisbatan 196,3 % ni tashkil qildi.
XIMning shakllanishida Sirdaryo viloyatiga qo‘shgan hissasi 21,1 % ga yetdi.
2-Yangiyer shahrining sanoat ishlab chiqarishi
✅2023-yilning yanvar-oktyanb oylarida Yangiyer shahrida korxonalari tomonidan 729, 1 million so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,1 % ni tashkil etdi.
🔹Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 60,2 % ni tashkil etdi.
3-Yangiyer shahrida bajarilgan qurilish ishlari
✅2023- yilning yanvar-oktyabr oylarida, Yangiyer shahrida jami 172 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni tashkil etdi.
4-✅Yangiyer shahrida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar
🔹2023- yilning yanvar-oktyabr oylarida shaharda jami 396 milliard so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 189,5 % ni tashkil etdi.
5-Yangiyer shahrida xizmatlar sohasining rivojlanishi
✅2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 345,6 million so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,2 % ni tashkil etdi.
6-✅Yangiyer shahrinig doimiy aholisi qancha?
🔹2023-yilning 1-oktabr holatiga ko’ra, Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni 47,6 kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 0,8 ming  kishiga yoki 1,2 % ga ko‘paydi. Jumladan;
7-✅Yangiyer shahrining tashqi savdo aylanmasi
🔹2023- yilning yanvar-oktyabr oylarida Yangiyer shahrining tashqi savdo aylanmasi 168,1 ming AQSh dollariga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan  127,7 % ni tashkil etadi.
8-✅Chakana savdo tovar aylanmasi
🔹2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida Yangiyer shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 313 milliard so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ga yetdi.
9-✅Yangiyer shahrida ro’yxatga olingan hamda faoliyat ko’rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha?
🔹2023- yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 1 208 ta ro’yxatdan o’tgan bo’lib, hozirgi kunda 831 ta korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 41 ta
  • savdo sohasida –324 ta
  • sanoat sohasida – 150 ta
  • qurilish sohasida – 88 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 66 ta
  • tashish va saqlash sohasida – 47ta
  • axborot va aloqa sohasida – 16 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 17 ta
  • boshqa sohalarda – 82 ta

10-✅Yangiyer shahrining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi
🔹Yangiyer shahrida 2023 – yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 32,3 million so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,8 % ni tashkil etdi.
Kelgusi yillarda shahrimiz iqtisodiyotini bundanda rivojlantirib, xalq faravonligi aholini tinch osoishta yashashi yo’lida ko’plab ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Yangiyer shahar stastika
bo’limi boshlig’i N.Xo’janboyev