“Farzandimga qanday qilib kitob o‘qittiray?”
Bizda avvaldan bitta gap bor. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” Bola ota-onaga qarab andoza oladi.
Farzandingiz qanday bo‘lishini istasangiz, o‘zingiz avvalo shunday bo‘ling. Bolani yonida umuman musiqa, lag‘u (bekorchi) narsalarni ham qo‘yib bermang. Ko‘proq kitob o‘qing, o‘qib bering. Faqat yaxshilikni uqtiring. Kitobga qiziqtirish uchun rag‘bat kerak. “Agar bugun shuncha bet o‘qisang, aylangani boramiz yoki istaganingni olib beraman” deb rag‘batlantirish kerak.
Bolani kitobga qiziqtirish yo‘llarini, yozuvchilar ham tavsiya beradi. Ana o‘shalarning darslarini ham eshitib o‘rganing.
Muammolarni bolaning yonida gaplashmang. Bolaning bolaligi yo‘qolishining ashaddiy sababi, yonida muammolar, janjallar bo‘lishi. Bu juda qattiq ta’sir qiladi.
Har bir gapingizga, har bir qilgan harakatingizga e’tiborli bo‘ling. Bola sizga qarab o‘sib ulg‘ayadi.