Ushbu fakultet, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali tarkibida tashkil etilgan. Fakultetda 2 ta, shu jumladan, “Umumiy fanlar” va “Ixtisoslik fanlar” kafedralari faoliyat yuritmoqda. Mazkur kafedralarda 6 ta bakalavr ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

  • 5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish.
  • 5320301-Texnologik mashina va jihozlar (kimyo sanoat).
  • 5320401-Kimyoviy texnologiya:Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi.
  • 5320402- Kimyoviy texnologiya:Qurilish materiallar kimyoviy texnologiyasi.
  • 5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha).
  • 5322700-Konservalash texnologiyasi.

“Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fakultetining rivojlantirishning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • yagona jamoa sifatida birlashib, hukumatimiz tomonidan oliy ta’lim muassasalariga yaratilib berilayotgan barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanib, avvalo, jamiyat ravnaqi va taraqqiyoti, oliy ta’lim muassasasining rivoji hamda istiqbolini ta’minlashni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash;
  • hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, faoliyat davomida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish, talabalarda Vatanga va milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, ularni mamlakatimiz rivoji va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga safarbar etish;
  • soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shish, buning uchun o‘z ustida ishlash, kasbiy mahorat va malaka oshirishga intilish, tizimga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlarni xalqaro normalarga muvofiqlashtirish, sohada ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, xorijiy tillarni o‘zlashtirish, mukammal so‘zlashuv darajasiga erishish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida davlat vakolatli idoralariga asoslangan takliflar kiritish, ommaviy axborot vositalarida sohada ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va yangiliklar bilan ishtirok etish;
  • fakultet faoliyati uzluksizligi va izchilligini ta’minlash maqsadida ichki tartib-ijro intizomini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilarda kasbga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantirish, ilm salohiyatini oshirishga safarbar etish. Innovatsion yondashuv asosida kasb tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazib borish, masofadan ta’lim yo‘nalishini joriy etish, fakultetda malakali va iqtidorli xodimlar jamlashni tashkil etish maqsadida turdosh va horij oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, elektron kutubxona tashkil etish, tizimga oid adabiyotlar bazasini shakllantirish va boyitib borish, metodik qo‘llanmalar tayyorlash vazifalarini yuklatish. Xodimlarni rag‘batlantirish tizimini barpo etish va yo‘lga qo‘yish;
  • iqtisodiyotning kimyoviy texnologiya, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari va sohalari uchun mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish bilan uyg‘unlikda o‘z sohasining yetuk mutaxassis kadrlari bilan ta’minlash;
  • fakultet mutaxassislik kafedralarini moddiy texnik bazasini shakllantirish, kadrlar sifatini oshirishni ta’minlaydigan zamonaviy o‘quv laboratoriyalari hamda ishlab chiqarish-fan-ta’limning uzluksizligi va integrallashuviga asoslangan innovatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yish orqali raqobatbardosh, avtomatlashtirilgan, yuqori unumli, resurslarni tejaydigan ilmiy ishlanmalarni sanoatga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish.