Dastlab 2021-2022 o‘quv yili uchun sirtqi bo‘limning yillik ish rejasi va yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Ushbu rejalarning bajarilishi yil davomida nazorat qilindi.
TKTI Yangiyer filiali Sirtqi ta’limda 1-2-kurslarda jami 679 nafar talaba tahsil olishmoqda. Shundan 9 nafar grant, 670 nafar talabalar to‘lov kontrakt asosida tahsil oladilar. Shundan 1-kursda 114 nafari qizlar, 182 nafari yigitlar, 2-kursda 115 nafar qizlar, 268 nafari yigitlardir, sirtqi ta’lim bo‘yicha esa 229 nafar talabalar ayollar, 350 nafarini yigitlar tashkil. Shuningdek, Sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalarning deyarli 49% Sirdaryo viloyatidan, qolganlari esa boshqa viloyat vakillari hisoblanadi. Shuningdek, Sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalarning 56 nafari 30 yosh va undan katta yoshli talabalardir. Qolgan qismini 30 yoshdan kichiklar tashkil etadi.
2020-2021-o‘quv yilida o‘quv jarayonlari dastlab 18 oktyabrdan 30 oktyabr sanalarida kredit-modul tizimi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
2021-yil noyabr-dekabr oylarida o‘quv mashg‘ulotlari 2-kurs talabalari uchun 1-noyabrdan 27-noyabrgacha, 1-kurs talabalariga esa 29-noyabrdan 25-dekabrgacha davom etgan. Kuzgi semestr natijalariga ko‘ra 1-kursda 275 nafar talabalaridan 269 nafari yakuniy nazoratlada ishtirok etishdi, shundan 6 nafari oilaviy sharoitlaridan kelib chiqqan holda filial direktori nomiga shaxsiy reja asosida o‘qishlarini so‘rab ariza bilan murojaat qilishdi va yakuniy nazoratlada shaxsiy reja asosida o‘zlashtirdilar.
Kuzgi semestr natijalariga ko‘ra 2-kursda 388 talabalaridan 360 nafari yakuniy nazoratlada ishtirok etishdi. 2-kursda tahsil olayotgan talabalardan 28 nafari yakuniy nazoratlardan qoniqarsiz baho olishgan bo‘lib, 21 nafar talaba qayta topshirish natijalariga ko‘ra fanlarni qayta o‘zlashtirgan bo‘lishsa, shundan 7 nafari sog‘ligi yomonlashganligi, shifoxonada davolanganligi va oilaviy sharoitlaridan kelib chiqqan holda filial direktori nomiga shaxsiy reja asosida o‘qishlarini so‘rab ariza bilan murojaat qilishdi va yakuniy nazoratlada shaxsiy reja asosida o‘zlashtirdilar.
Shundan keyin 2022-yilning mart-aprel oylariga belgilangan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari 2-kurs talabalari uchun 28-martdan 23-aprelgacha, 1-kurs talabalariga esa 25-apreldan 21-maygacha davom etdi. 1-kurs talabalariga 2021 yilning aprel oyida 1 haftalik kredit-modul tizimi haqida tushunchalar berildi va dars mashg‘ulotlari 2-smenada tashkil etildi, kredit-modul haftaligi davomida sirtqi ta’limning barcha yo‘nalishlari talabalari institutga kelib tavsiya darslari jarayonlarida bevosita ishtirok etishgan.
Talabalarning dars mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayonida auditoriyalar bilan ta’minlanlanganlik darajasi 100% bo‘ldi. Ma’ruza mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlar videoproyektorlar bilan jihozlangan xonalarda o‘tildi. Laboratoriya mashg‘ulotlari belgilangan auditoriyalarda tashkil etildi.