Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Z.Xakimov, Guliston davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. A.Qalandarov hamda bilim va malakalarni baholash sho‘basi mudiri A.Bahromov Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

✅ Ushbu majmua abituriyentlar uchun zamonaviy, qulay shart-sharoitlarga ega pavilyonlar, oshxona, tibbiyot xonasi, kompyuter xonalar, dam olish va bo‘lim xodimlari xonalaridan iborat bo‘ladi. Kegusida yangi o‘quv yili abituriyentlari shu yerda test sinovlaridan o‘tishlari rejalashtirilgan.