30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan oliy taʼlim muassasalarida «Yoshlar oyligi» doirasida 5-25 iyun kuniga qadar «Bilim va tafakkurimiz — shu el uchun, shu yurt uchun!» shiori ostida festival, loyiha va tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.
Joriy yilning 15-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Yoshlar Kengashi tomonidan filial talaba qizlari o‘rtasida qalamtasvir bellashuvi o’tkazildi.
Bellashuvda 25 nafar filial talaba qizlari o’z mahoratlarini namoyon etishdi.