Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talaba-yoshlari ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabatI bilan “Bobur kabi sevgin Vatanni” nomli ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda filial direktori Zafar Xakimov, direktorning birinchi o’rinbosari Otabek Abdug’aniyev, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar shavkatli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati, u qoldirgan bebaho asarlari xalqimizning buyuk merosi, yosh avlod tarbiyasi uchun ibrat maktabi ekanini alohida ta’kidladi.

Shundan so‘ng, sahnada talabalardan tuzilgan jamoalar Bobur hayoti va ijodi bilan bog‘liq chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Ishtirokchilar Bobur siymosini aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, g‘azal va ruboiylardan namunalar tingladilar. Shuningdek, raqs va kuy-qo’shiqlar tomoshabinlarga manzur bo’ldi.