Oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturi ijrosini ta’minlash hamda professional ta’lim muassasalari o’quvchilarini oliy ta’limga jalb qilish maqsadida 16-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekani Xolmurod Mo’minov, «Kimyoviy-texnologiya kafedrasi mudiri, professor Eminov Ashraf Ma’murovich hamda ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i G’iyos Doniyorovlar Toshkent viloyati Bekobod shahridagi kasb-hunar maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida kasb-hunar maktabi va filial o’rtasida o’zaro tajriba almashish bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shuningdek, kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari hamda o‘quvchi-yoshlari uchun seminar tashkil etildi.