Seminarda TKTI Yangiyer filiali direktori Zafar Xakimov, «O’zkomnazorat» inspeksiyasi Sirdaryo viloyati sho’basi rahbari Elbek Abdug’aniyev hamda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi kiberxavfsizlik bo’limi bosh mutaxassisi Jasur Sariboyevlar ishtirok etdi. Unda «Raqamli iqtisodiyot va elektron xukumatni keng joriy etishda axborot xavfsizligini ta’minlash asoslari: muammo — yechim — natija» hamda “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish – davr talabi” mavzusi muhokama qilindi.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Davra suhbati ishtirokchilariga kiberjinoyatchilarning hiyla-nayranglariga qanday aldanib qolmaslik haqida ma’lumot berildi, shuningdek ularga hech kimga bank kartalarining ma’lumotlari va maxfiy kodlarini bermaslik, qimor o‘yinlari va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda qatnashmasliklari kerakligi tushuntirildi.