Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan talabalar uchun «Soliq qonunchiligida 2024 yilda kiritilgan yangiliklar, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi» mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminarda soliq qonunchiligidagi yangiliklar hamda barqarorlik reytingi bo’yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar esa o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

Tadbir yakunida sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari o’rtasida o’tkazilgan sport musobaqalari g’oliblari filial direktori Zafar Xakimov hamda sektor rahbarlari tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.