29-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Ozarbayjon, Turkiya va Oʻzbekiston tadbirkorlar uyushmasi raisi Ruslan Imanzade, qurilish kompaniyasi rahbari Elnur Gafarali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo’yicha prorektor Anvar Shernayev hamda filial direktori Zafar Xakimov o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida davlat xususiy sherikchiligi asosida talabalar turar joyi va ishlab chiqarish korxonalarini qurishda Ozarbayjon kompaniyasining investitsiyaviy faoliyatini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar almashinuvi hamda qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalari bo’yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihalarni ilgari surishni jadallashtirish va yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.