Rossiyaning Tomsk politexnika universiteti Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari va bitiruvchilari uchun magistratura grant dasturlarini eʼlon qiladi

Magistratura bosqichiga talabgorlar hech qanday imtihonlarsiz universitetning olimpiada natijalariga ko’ra qabul qilinadi. Olimpiada onlayn tarzda universitetning 32 ta magistratura taʼlim yoʻnalishlari bo’yicha o’tkaziladi. Mavjud yo’nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarni universitetning veb sayti orqali bilib olishingiz mumkin: https://abiturient.tpu.ru/direction?type=magistracy

Tomsk politexnika universiteti magistraturasiga arizalar 2024-yil 19-mayga qadar quyidagi link orqali qabul qilinadi: https://masters-pro.tpu.ru/

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining 10 nafar talabalari uchun Tomsk politexnika universiteti malakali mutaxassislari tomonidan magistratura bosqichiga maxsus bepul tayyorlov va til kurslari tashkil etilgan bo’lib, kurslarga yozilish uchun https://t.me/tktiyfxalqarohamkorlik telegram profiliga murojaat qilishingiz mumkin.