T/r NORMATIV-HUQUQIY HUJJAT NOMI Hujjat raqami
va sanasi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
1.                Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Havola: https://lex.uz/docs/6804077

19.02.2024-yil

O‘RQ-909-son

2.                O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

Havola: https://lex.uz/docs/6808430

21.02.2024-yil

O‘RQ-910-son

3.                To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

Havola: https://lex.uz/uz/docs/6809366

21.02.2024-yil

O‘RQ-911-son

4.                O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika hududida Internet va aloqa qamrovini kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

Havola: https://lex.uz/docs/6813564

23.02.2024-yil

O‘RQ-912-son

5.                O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Havola: https://lex.uz/docs/6817504

27.02.2024-yil

O‘RQ-913-son

6.                O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida

Havola: https://lex.uz/uz/pdfs/6819125

27.02.2024-yil

O‘RQ-914-son

7.                «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

Havola: https://lex.uz/docs/6819721

27.02.2024-yil

O‘RQ-915-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari
8.                Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Havola: https://lex.uz/pdfs/6837135

13.03.2024-yil
PF-49-son

“Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (19.02.2024y., O‘RQ–909-son) Qonun mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan

ANNOTATSIYA

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Vakil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekanligi belgilandi.
  2. “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.
  3. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

– Senat a’zolari (senatorlar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda to‘rt kishidan saylanadi.

– Senatning to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan Prezident tomonidan tayinlanadi.

Shuningdek, Senat va uning organlari majlislarida Markaziy bank boshqaruvi raisi ishtirok etishi mumkin.

Bundan tashqari, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat Raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

Senat Konstitutsiyaga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.

Qonunchilik takliflarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va ularni Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi Senatining Reglamentida belgilanadi.

 

  1. Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

– Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

Shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining Spikeri bo’lishi mumkin emasligi belgilandi.

  1. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili beriladi ( bundan qonunchilikda ko’proq muddatli ta’til nazarda tutilgan hollar mustasno).
  2. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasining

O‘RQ–909-son Qonuni, 19.02.2024-y.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi (20.02.2024y., O‘RQ–910-son) Qonun

mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan

ANNOTATSIYA

 

Tadbirkorlar endi sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishi mumkin.

Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.

Shuningdek “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVlarda bu haqda e’lon berish talabi bekor qilindi.

Bunga qadar tadbirkorlar sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ularning shikoyatlari dastlab yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilishi, shundan keyingina sudga shikoyat qilishlari mumkin edi.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasining

O‘RQ–910-son Qonuni, 20.02.2024-y.

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi (22.02.2024y., O‘RQ–911-son) Qonun mazmun-mohiyatini
yoritishga qaratilgan

ANNOTATSIYA

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-911-son, 22.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, jismoniy shaxs pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga yoki soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan barcha turdagi joriy soliq to‘lovlarini to‘lash, sud ajrimi asosida joriy etilgan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatida to‘xtatib turiladi (bundan mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar solig‘i, shuningdek ijtimoiy soliq mustasno).

Bu holda sud sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining yoki tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlagan va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan e’tiboran mazkur soliq qarzlari 6 oy ichida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.

Shuningdek, bankrot deb topilgan qarzdor yuridik va jismoniy shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘larining qarzni to‘lashga yo‘naltirilgan qismi daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.

“Davlat boji togrisida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, sud boshqaruvchisi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish jarayonida o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun da’vo arizalar hamda boshqa arizalar bilan davlat bojini to‘lamasdan sudga murojaat qilishi mumkin bo‘ldi.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasining

O‘RQ–911-son Qonuni, 22.02.2024-y.

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi (27.02.2024y., O‘RQ–915-son) Qonun mazmun-mohiyatini
yoritishga qaratilgan

ANNOTATSIYA

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O’RQ-915-son, 27.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Qonun bilan davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga bunday yordam ko’rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar bo’yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra:

Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga ko’ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko’rishi shart.

Bunda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida 4 soat vaqt berilishi kerak.

Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, sud da’vogarning yoki javobgarning iltimosiga ko’ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko’rishi shart.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasining

O‘RQ–915-son Qonuni, 27.02.2024-y.