Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammo va kamchiliklarni, shuningdek yoshlar tomonidan bildirilgan takliflarini o‘rganish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” nomli tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda TKTI Yangiyer filiali direktori Xakimov Zafar Tulyaganovich, O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Sirdaryo viloyati kengashi raisi Tursunmuradov Rustambek Permatovich, professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirok etishdi. Unda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, shuningdek, kasaba uyushmalari tizimida yoshlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʼyicha olib borilayotgan ishlar xususida soʼz yuritdi.

Muloqot davomida ishtirokchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Tadbir yakunida filialning faol yoshlariga tashakkurnomalar va esdalik sovgʼalari topshirildi.